» » Garet Beyl APLga qaytadigan bo‘ldi

Garet Beyl APLga qaytadigan bo‘ldi


Madridning “Real” klubi a’zosi Garet Beyl faoliyatini yana Angliyada davom ettiradi. Bu haqda italiyalik taniqli sport jurnalisti Fabritsio Romano xabar berdi.

“Real” va “Tottenhem” futbolchining ijara shartnomasi borasida kelishuvga erishgan. Beyl 18-sentabr, juma kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga yo‘l oladi. Shundan so‘ng futbolchi transferi e’lon qilinishi kutilmoqda.

31 yoshli Garet kelishuvga ko‘ra, 2020/21-yilgi mavsumni “Tottenhem” safida o‘tkazadi. Uelslik futbolchi “shporlar” sharafini 2007—2013-yillar davomida himoya qilgan, shundan so‘ng “Real”ga yo‘l olgandi. 2013-yilda madridliklar Beyl uchun London klubiga 101 million yevro to‘lagan edi.

Ma’lumot uchun, Garet “Real” safida hozirga qadar 251 ta o‘yinda qatnashib, 105 ta gol urdi va 68 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Beylni 28 million yevroga baholamoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 118) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют