» » Amerikalik biznesmen Chak Fini umri davomida ishlab topgan deyarli barcha pulini — 8 mlrd dollarni xayriyaga sarfladi. U 38 yil davomida pul tarqatgan, shundan 13 yilini — yashirincha

Amerikalik biznesmen Chak Fini umri davomida ishlab topgan deyarli barcha pulini — 8 mlrd dollarni xayriyaga sarfladi. U 38 yil davomida pul tarqatgan, shundan 13 yilini — yashirincha


14-sentabr kuni 89 yoshli amerikalik biznesmen va filantrop Charlz (Chak) Fini o‘zining Atlantic Philanthropies xayriya tashkilotini yopish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi. Fini 38 yil davomida ishlagan tashkilot orqali ishlab topgan deyarli barcha mablag‘larini — 8 milliard dollarni xayriya yo‘lida sarflab yubordi, deb xabar beradi Meduza.

Chak Fini 1931-yilda Nyu-Jersi shtatidagi Elizabet shaharchasida, Amerika—Irlandiya oilasida dunyoga kelgan. U Koreya urushida harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan, shundan so‘ng, faxriylar imtiyozi bo‘yicha Kornell universitetiga o‘qishga kirgan. O‘qishni tugatib, Fini 1956-yilda biznes bilan shug‘ullangan — AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Atlantika floti dengizchilari uchun soliq solinmaydigan alkogol mahsulotlarini sotgan. Fini kemalarning keyingi to‘xtash joyi haqida ba’zida fohishalar orqali xabar topgan.

Tez orada Fini o‘z biznesini kengaytirgan. U yana uch hamkorni yoniga olib, Duty Free Shoppers bojsiz savdo do‘konlari tarmog‘ini rivojlantirishni boshlagan. Biznes 1964-yilda — Yaponiya o‘z fuqarolariga yana xorijga chiqishga ruxsat berganidan so‘ng, kuchli impuls olgan (ushbu taqiq Ikkinchi jahon urushidan so‘ng joriy etilgandi). Duty Free Shoppers yaponiyalik turistlarga sigaretalar, konyak va sumkalar sotib, millionlab dollar ishlay boshlagan. Ishlar shu qadar yaxshi ketganidan, Fini va uning sheriklari 1976-yilda Tinch okeanidagi Saypan orolida do‘kon ochgan va u yerda aeroport qurgan.

1988-yilda Forbes jurnali Finini AQShning eng badavlat insonlari qatorida 31-o‘ringa qo‘yib, uning boyligini 1,3 milliard dollarga baholagan. Aslini olganda ushbu pullar u vaqtda biznesmenga tegishli bo‘lmagan. Bundan 4 yil oldin u Duty Free Shoppers’dagi o‘z ulushini — 38,75 foiz — Atlantic Philanthropies xayriya tashkilotiga sotib yuborgan. Aktivlarning topshirilishi ovoza qilinmagan, bu haqda faqat uning yaqinlari xabardor bo‘lgan, xolos. Fini Atlantic Philanthropies orqali biror loyihani qo‘llab-quvvatlash orqali o‘zini oshkor etib qo‘ymagan. Biznesmen oldingidek hayot kechirishni va Duty Free Shoppers’ni boshqarishni davom etgan. U pul topishni yaxshi ko‘rgan, biroq uni ishlatishga ehtiyoji bo‘lmagan.

Biznesmen Atlantic Philanthropies faqatgina Duty Free Shoppers’ning daromadlari evaziga ishlayotganini yaxshi tushungan va kompaniyaning eng muvaffaqiyatli yillari ortda qolganini taxmin qilgan. U biznesdan chiqishni o‘ylay boshlagan. 1997-yilda Fini va uning sheriklari Duty Free Shoppers’dagi o‘z ulushlarini Bernar Arnoning LVMH konserniga sotib yuborgan. O‘shanda Fini birinchi bor ommaga o‘zining xayriya faoliyati to‘g‘risida ma’lum qilgan. U buni kompaniyani sotishdan tushgan da’vo uning anonim xayriyalarini oshkor qilishi sabab majburlikdan amalga oshirgan. O‘sha vaqt kelib Atlantic Philanthropies 600 million dollarni xayriya yo‘lida tarqatib ulgurgan. Bu kabi sirlilik uchun Forbes jurnali 2021-yilda uni xayriya Jeyms Bondi deb atagan.

Fini butun boyligini umri davomida tarqatishga qaror qilgan. “O‘lganingdan ko‘ra, tirikligingda tarqatish ancha quvonchli”, — deya uning so‘zlarini keltiradi Atlantic Philanthropies. Biznesmen pullarini fikricha katta daromad keltirishi mumkin bo‘lgan yirik loyihalarga tikkan. Atlantic Philanthropies ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga 3,7 millird dollar (bularning deyarli yarim milliardi Kornell universitetiga), 870 million dollar — inson huquqlarini himoya qilishga, 700 milliondan ortiq — sog‘liqni saqlashga xayriya qilgan. Tashkilot JARda OITSga qarshi kurash, AQShda o‘lim jazosini bekor qilish, Irlandiyada universitetlarni rivojlantirishga xayriya mablag‘larini yo‘natirgan. U jami 6500 ta grant ajratgan, so‘nggisi — 2016-yilga to‘g‘ri keladi.

Fini xayriyaga ham xuddi biznes kabi yondoshgan. Atlantic Philanthropies grant oluvchilardan batafsil biznes-rejalarni va sarflangan pullar to‘g‘risida hisobotlarni so‘rab olgan. Agarda loyihalar bir joyda qotib qolsa, moliyalashtirish to‘xtatilgan. Investitsiyalarning rentabelligini oshirish uchun Fini davlatni ishtirok etishga taklif etgan. Masalan, 1997-yilda Fini Irlandiya hukumati o‘z universitetlariga 100 million dollar ajratsa, u ham shuncha mablag‘ ajratishga va’da bergan. Bu foyda bergan. Fini o‘zining pullariga ochilgan binolarga ismi yozilgan peshlavhalarning ilinishiga ruxsat bermagan, loyihaga boshqa xayriya tashkilotlarini jalb etishni ma’qul ko‘rgan.

Aynan Fini hozirgi kunda eng mashhur xayriyachilar hisoblanuvchi Uorren Baffett va Microsoft asoschisi Bill Geytsni ilhomlantirib, ularning 2010-yilda “Tuhfa qasamyodi” tashabbusini amalga oshirishga undagan. Unga o‘z mablag‘larining katta qismini xayriyaga yo‘natiruvchi badavlat insonlar qo‘shilgan. Ayni vaqtda “Tuhfa qasamyodi”ga butun dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq millioner va milliarderlar qo‘shilgan.

2012-yilda Forbes’ga bergan intervyusida Fini o‘z boyligini taxminan 2 million dollarga baholagan — u o‘z va rafiqasining yashishi uchun aynan shuncha mablag‘ ajratib qo‘ygan. Biznesmen kamtarona yashashga o‘rgangan: u biznes-klassda uchmagan, shaxsiy mashinasiga ega bo‘lmagan va oddiy Casio soatlarini taqib yurgan. Forbes 2018-yilda uning San-Fransiskodagi uyining kvartirasi devoriga “8 milliard dollarni xayriyaga sarflagan Chak Fini tabriklaymiz” tablichkasi ilib qo‘yilganini ko‘rgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют