» » AQShda o‘qituvchi ayol o‘z o‘quvchilariga 1 mln dollarni vasiyat qilib qoldirdi

AQShda o‘qituvchi ayol o‘z o‘quvchilariga 1 mln dollarni vasiyat qilib qoldirdi


AQShning Nyu-Jersi shtatidagi imkoniyati cheklangan bolalar maktabida ko‘p yillar davomida ishlagan o‘qituvchi ayol Jenevyeva Via Kava o‘z umri davomida kattagina boylik jamg‘argani, 2011-yilda vafot etgach, qariyb 1 million dollarlik jamg‘armasini imkoniyati cheklangan o‘quvchilariga vasiyat qilib qoldirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

Vasiyatnoma shartlariga ko‘ra, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab, o‘qishni kollejda davom ettirish istagidagi bir nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchi 25 ming dollargacha miqdorda stipendiyani qo‘lga kiritadi.

Mablag‘ maxsus jamg‘armada saqlanib, bunday stipendiyalarni ko‘p yillar davomida berib borish uchun yetadi.

Via Kavaning o‘z farzandlari bo‘lmagan, u hayotining katta qismini o‘zi ishlaydigan maktabga va imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga bag‘ishlagan. U o‘z o‘quvchilariga ularning maktab davrida ham, maktabni bitirgandan keyingi hayotida ham doim ko‘mak berib, qo‘llab-quvvatlab kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют