» » Nyu-York meri shahar budjetiga yordam berish uchun ta’tilga chiqdi

Nyu-York meri shahar budjetiga yordam berish uchun ta’tilga chiqdi


Nyu-York meri Bill de Blazio va meriyaning 500 ga yaqin xodimi shahar budjeti kamomadini kamaytirish uchun bir ish haftasida bir marta to‘lanmaydigan ta’tilga yuboriladi. Ushbu qarorni 16-sentabr kuni de Blazioning o‘zi e’lon qildi va u ta’til paytida ishlashda davom etishini ta’kidladi, deya xabar bermoqda “RBK”.

“Bu og‘riqli qadam, ammo bu bizning budjetni shakllantirishga mas’uliyat bilan yondashishga sodiqligimizni tasdiqlaydi”, – dedi shahar meri.

Matbuot anjumani paytida de Blazio Nyu-York shahri budjeti COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli katta yo‘qotishlarga duch kelganini ma’lum qildi. Shahar hokimi zararning umumiy miqdorini 9 milliard dollarga baholagan, bu esa allaqachon xarajatlarni 7 milliard dollarga qisqartirilishiga olib kelgan.

CBS Nyu-York ma’lumotlariga ko‘ra, shahar hokimi va uning xodimlariga to‘lanadigan to‘lovlarning qisqartirilishi jami 1 million dollarni tejashga imkon beradi.

“Odamlar va ularning oilalari haftalik ish haqidan mahrum bo‘lishini aytish menga og‘ir, ammo bu men va ular qilishi kerak bo‘lgan ish”, – dedi de Blazio.

Shahar hokimi bu qadam Nyu-York va federal hukumatni shaharga yordam berishga ishontirishiga, shuningdek, kasaba uyushmalari bilan davlat ishchilarining ish haqini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishiga umid qilishini aytdi.

De Blazioning so‘zlariga ko‘ra, agar bu amalga oshmasa, Nyu-York hokimiyati minglab xodimlarini ishdan bo‘shatishga majbur bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют