» » Tramp, Putin va Gurbanguli Berdimuhamedov pandemiya sabab Shnobel mukofotiga loyiq ko‘rildi

Tramp, Putin va Gurbanguli Berdimuhamedov pandemiya sabab Shnobel mukofotiga loyiq ko‘rildi


AQShdagi Garvard universitetida eng bema’ni ilmiy yutuqlar va nostandart g‘oyalar uchun beriladigan Shnobel mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkiliy qo‘mitaning saytida mukofotni topshirish jarayoni translyatsiya qilindi.

2020-yilda tibbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, shuningdek, yana besh davlat rahbari taqdirlandi.

“Tibbiy ta’limi sohasida mukofot butun dunyoga koronavirus pandemiyasida siyosatchilar insonlar hayoti va o‘limiga olim hamda shifokorlardan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilishini ko‘rsatib qo‘ygan Braziliya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Meksika, Belarus, AQSh, Turkiya, Rossiya va Turkmaniston rahbarlariga topshirildi”, — deydi mukofot ta’sischisi Mark Abrahams.

2020-yilda laureatlarga mukofot sifatida qayd daftari varaqlaridan yopishtirilgan kub va Zimbabvening 10 trillion mahalliy dollari banknotasining nusxasi taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko 2013-yilda Minsk militsiyasi bilan birga Shnobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan. O‘shanda bunga Belarusda ommaviy qarsaklar taqiqlangani va kuch tuzilmalar tomonidan ushbu taqiqni buzishda ayblanib, bir qo‘li yo‘q nogiron odamning qo‘lga olinishi sabab bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Taglik almashtiradigan mashina, o‘limning oldini oladigan pitssa va bosh qashishning foydasi: Shnobel mukofotlari o‘z egalariga topshirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют