» » O‘zbekistonda go‘sht narxining o‘sishi ozuqa bazasi rivojlanmagani sabab yuzaga kelgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda go‘sht narxining o‘sishi ozuqa bazasi rivojlanmagani sabab yuzaga kelgani ma’lum qilindi


2020-yil boshidan avgust oyida qadar O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 4,8 foizni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining inflyatsiya darajasiga ta’sir etuvchi omillar diagnostikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarida keltirilgan. Bunda 2019-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada sekinlashish kuzatilgan (8,2 foiz).

Ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyida yillik inflyatsiya darajasi 2017-yilning may oyidan beri o‘zining eng past darajasiga erishib, 11,7 foizni (2019-yilda 16,5 foiz) tashkil etgan.

2020-yil boshidan iste’mol narxlar indeksining o‘sishi mo‘tadil bo‘lib, o‘rganilayotgan davrda iste’mol narxlarining umumiy o‘sishida nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar ulushining sezilarli pasayishi, oziq-ovqat mahsulotlari ulushining esa sezilarli darajada o‘sishi kuzatilgan.

2020-yilda ichki bozordagi narxlar oziq-ovqat mahsulotlari va birlamchi ehtiyoj tovarlariga bo‘lgan yuqori talab darajasi, aprel oyidagi so‘mning devalvatsiyasi hamda meva va sabzavotlar narxining o‘tgan yillarga nisbatan unchalik yuqori bo‘lmagan mavsumiy pasayishi kabi omillar ta’sirida shakllangan.

Nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxi o‘sishining sekinlashuvi esa aksincha, narxlar umumiy o‘sishini jilovlovchi xususiyatga ega bo‘lib, ushbu holat, eng avvalo, karantin davrida iqtisodiy faollikning pasayishi bilan izohlangan.

Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlar narxlari o‘sishi o‘rtacha 0,3 foiz (2019-yil avgust oyida 2,3 foiz) darajasida shakllangan. Bundan tashqari, aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxining 3,3 foizga keskin o‘sishiga qaramasdan (2018 va 2019-yillarning mos davrida 1,0 va 0,3 foiz), 2020- yilning 8 oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi 5,2 foizni (2019-yilning 8 oyida 7,0 foiz), yillik hisobda esa 16,7 foizni (19,7 foiz) tashkil etgan.

Qayd etilishicha, 2020-yilning avgust oyida kuzatilgan oziq-ovqat narxlarining yillik o‘sishi umumiy inflyatsiya darajasi va o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, meva-sabzavotlarning yillik inflyatsiya darajasiga ta’siri kamayib, eng yuqori narx o‘sish sur’atlari go‘sht mahsulotlarida kuzatilgan (yillik hisobda 18,2 foiz). Bundan tashqari, Qozog‘istonda bug‘doy hosilining pasayishi tegishli tovar guruhlari bo‘yicha narxlarning o‘sishi va 2020-yil yanvar—avgust oylarida import qilinadigan bug‘doy uni hajmlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113 ming tonnaga (-35 foiz) kamayishida o‘z aksini topgan. Shuningdek, aprel oyidan keyin bug‘doy importining o‘sishi kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha inflyatsion bosimning asosiy omili go‘sht mahsulotlarining narxi bo‘lib, ushbu holat, asosan, go‘sht ishlab chiqarish hajmining barqaror darajada o‘sishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasining rivojlanmaganligi sababli vujudga kelgan. 2020-yilning yanvar oyidan avgustigacha bo‘lgan davrda go‘sht va go‘sht mahsulotlari importining 2,0 baravarga (15,6 dan 31,8 ming tonnagacha) ko‘payishi narxlarning o‘sishini jilovlash imkonini bergan.

Mavzuga doir: “O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 11,6 foiz bo‘lib, bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 11 foizga tushishi kutilmoqda” – Markaziy bank raisi o‘rinbosari

Avvalroq MDH davlatlari orasida 2020-yilning birinchi yarmida eng yuqori inflyatsiya O‘zbekistonda qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют