» » “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasida restoranlar, mehmonxonalar va ko‘p tarmoqli markaz quriladi

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasida restoranlar, mehmonxonalar va ko‘p tarmoqli markaz quriladi


Prezidentning “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 27-avgustdagi farmoniga muvofiq “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti majmuasini kengaytirish bo‘yicha loyihaning 2-bosqichini amalga oshirish yuzasidan vazifa belgilangan, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Shu maqsadda, loyiha tashabbuskori hamda u tomonidan jalb etilgan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 75 million yevro bo‘lgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasi barpo etilishining 2-bosqichi to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Loyiha doirasida quyidagilarni amalga oshirish belgilandi:

Shu bilan birga, mazkur loyiha o‘z muddatida amalga oshirilishini ta’minlash uchun davlat tomonidan zarur infratuzilma va tarmoqlarni barpo etishda ko‘mak beriladi.

Shuningdek, loyiha tashabbuskoriga qurilish-montaj ishlari va kelgusida loyihani ekspluatatsiya qilish jarayonida noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha mas’uliyat yuklatildi.

Ma'lumot uchun, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti majmuasi 21-dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 1-iyun kuni Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida “Chorvoq” erkin turistik zonasida xalqaro dam olish maskanlari, Bildirsoy, Chimyon va Nanay hududlarida Fransiya kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti barpo etish loyihalari bilan tanishgandi. Shu yilning 14-avgust kuni Bo‘stonliq tumanida turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishgan Prezident tumanda “Bildirsoy—Chimyon—Nanay” xalqaro kurorti tashkil etilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют