» » O‘zbekistonda dunyo darajasidagi birinchi tog‘-chang‘i kurorti Andorraning PGI kompaniyasi rahbarligida quriladi

O‘zbekistonda dunyo darajasidagi birinchi tog‘-chang‘i kurorti Andorraning PGI kompaniyasi rahbarligida quriladi


Andorraning kurortlarni boshqarish bo‘yicha PGI Management (Pas Grau Internacional Management) kompaniyasi O‘zbekistonning Amirsoy Mountain Resort kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi birinchi tog‘-chang‘i kurorti qurilishini muvofiqlashtirish haqida bitim imzoladi, deb yozadi Spot kompaniya press-reliziga tayanib.

PGI loyiha boshqaruvini to‘rtta bosqichda muvofiqlashtiradi: birinchi bosqichda kompaniya mutaxassislari loyihaning umumiy ko‘lamini aniqlaydi va mos grafik tuzadi. Ikkinchisida xalqaro standartlarga mos keladigan texnik talablarni ishlab chiqadi va pudratchilarni tanlab olishni boshlaydi.

Keyingi bosqichlarda PGI loyiha o‘z muddatida bitishi, ammo sifatini yo‘qotmasligi uchun, pudratchilar guruhini boshqarishda yordam beradi va qurilish jarayonining o‘zini ham boshqaradi.

Pirovardida “Amirsoy” O‘zbekistondagi xalqaro standartlarga to‘liq muvofiq keluvchi va yil bo‘yi ishlaydigan birinchi tog‘-chang‘i kurortiga aylanishi kerak.

Ma’lumot uchun, PGI Management Ozarbayjon, Fransiya, Argentina, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardagi kurortlarni boshqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют