» » Niderlandiya kompaniyasi Farg‘onada uchta sovitish omborini quradi

Niderlandiya kompaniyasi Farg‘onada uchta sovitish omborini quradi


Niderlandiyaning Geerlofs kompaniyasi shu yil Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida O‘zbekistonning uchta kompaniyasi uchun sovitish omborlarini quradi, deb yozadi Spot.

Bitta kameraning sig‘imi 700 tonnaga teng bo‘ladi, qolgan ikkita loyiha parallel tarzda amalga oshiriladi. Ularning umumiy sig‘imi 3 ming tonnadan oshadi, har bitta sovitgich 16 ta kameradan iborat bo‘ladi.

Uchta loyiha uchun uskunalar Niderlaniyadagi zavodda ishlab chiqarilmoqda, ular O‘zbekistonga shu yilning mayida yetkazib beriladi. Montaj ishlarining yakunlanishi va loyihalarning ishga tushirilishi meva va sabzavotlarni saqlash mavsumining boshlanishi — avgust, sentabrga mo‘ljallangan.

Loyihalarning umumiy qiymati qariyb 2 million dollarni tashkil etadi. Niderlandiya kompaniyasi qurilish ishlarining borishi, uskunani montaj qilish ishlari va loyihaning ishga tushirilishini kuzatadigan muhandisni yuboradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют