» » “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti 21-dekabr kuni ochiladi

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti 21-dekabr kuni ochiladi


Toshkent viloyatida qurilgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti joriy yilning 21-dekabr kuni ochiladi. Bu haqda 17-dekabr, seshanba kuni mazkur tog‘-chang‘i kurorti ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, anjumanda O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, PGI Management kompaniyasi (Andorra) direktori Tomas Tor-Yensen va “Amirsoy” MChJ qo‘shma korxonasi bosh direktori o‘rinbosari Valeriy Kim ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kompleksi loyihasi amalga oshirilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Tomas Tor-Yensen o‘z navbatida tog‘-chang‘i trassalari va dor yo‘llari qurilishida eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalar qo‘llanilganini ta’kidladi.

“Amirsoy” qo‘shma korxonasi bosh direktori o‘rinbosari Valeriy Kim esa joriy yilning 21-dekabrida bo‘lib o‘tadigan ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti 892 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 580 o‘ringa mo‘ljallangan. Loyiha bo‘yicha 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Uning umumiy qiymati 100 million dollarni tashkil qiladi. Loyihaning birinchi bosqichi 2019-yilning to‘rtinchi choragida, ikkinchi bosqichi esa 2022-yilning uchinchi choragida tugallanishi rejalashtirilgan.

Qishki dam olish maskani umumiy hisobda uzunligi uch kilometrdan ortiq ikkita osma dor yo‘li va jami 10 kilometr bo‘lgan turli murakkablikdagi sakkizta tog‘-chang‘i trassasiga ega.

Bundan tashqari, tog‘-chang‘i kurortida qish mavsumi uchun umumiy uzunligi 21,93 kilometr bo‘lgan dor yo‘li mavjud bo‘lib, uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2400 kishini tashkil qiladi. Dor yo‘li Avstriyaning Doppelmayr Seibahnen GmbH kompaniyasi tomonidan qurilgan bo‘lib, unda turli murakkablikdagi 28 ta relyefli trassa mavjud.

Ushbu hududda Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 kilometr uzunlikdan iborat tog‘-chang‘i yo‘llari qurildi. Ularning to‘rttasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi, eng uzun trassa esa 3550 metrni tashkil qiladi. O‘rganuvchi chang‘i uchuvchilar uchun maxsus hudud qurilgan bo‘lib, unda beshta konveyer tipidagi yuqoriga harakatlanuvchi lift mavjud. Shuningdek, “shale” uslubidagi 40 ta yog‘och uy, uchta restoran, sport maktabi, tog‘ chang‘isi va boshqa uskunalarni ijaraga olish nuqtalarini o‘z ichiga olgan ko‘p tarmoqli markaz hamda vertolyot maydonchasi qurildi.

Ushbu hudud yaqinida tyubing, piyoda sayohatlar, qorda yurish uchun maxsus turlar, chana va kvadrosiklda uchishni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar zona va maxsus bolalar maydonchasi tashkil etilgan.

Dastlab mazkur tog‘-chang‘i kurortining ochilishi 2018-yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan edi. Biroq texnik va boshqa masalalardan kelib chiqqan holda ochilish 2019-yilning oxiriga qoldirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют