» » Maurisio Pochettino qaysi klubda ishlashni orzu qilishini aytdi

Maurisio Pochettino qaysi klubda ishlashni orzu qilishini aytdi


“Tottenhem” sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Madridning “Real” klubida ishlash orzusida ekanini aytdi.

Bilmadim, bir kun kelib “Real”ni boshqara olmanmi yoki yo‘q, biroq bu mening orzum. Bu dunyoning eng kuchli klublaridan biri, agar eng kuchlisi bo‘lmasa. Bu borada men barcha murabbiylar kabiman. “Real” barchaning ro‘yxatida bor.

PSJdan ham, “Yuventus”dan ham, “Inter”dan ham taklif bo‘lmadi. Menga “Benfika” va “Monako”dan chiqishdi. Yolg‘on ishlatishning hojati yo‘q.

Maurisio Pochettino, “Tottenhem” sobiq bosh murabbiyi

48 yoshli argentinalik mutaxassis 2014—2019-yillar mobaynida “Tottenhem”ni boshqargan. Undan avval Pochettino “Sauthempton” va “Espanyol”da ishlagan.

Mavzuga doir: Pochettinodan Gvardiolagacha. So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi murabbiylari haqida 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют