» » Kino tarixidagi eng go‘zal Julyetta — aktrisa Oliviya Xassining hayoti qanday kechdi? (foto)

Kino tarixidagi eng go‘zal Julyetta — aktrisa Oliviya Xassining hayoti qanday kechdi? (foto)


Shekspirning “Romeo va Julyetta” asari bir necha marta ekranlashtirilgan. Lekin aynan 1968-yilda Franko Zeffirelli tomonidan suratga olingan variant aktyorlar mahorati va ularning o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi bilan esda qolgan. Mazkur filmda Julyetta obrazini gavdalantirgan aktrisa Oliviya Xassi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Rejisor Zeffirell filmida sevgisi fojia bilan tugaydigan obrazlar uchun aktyor va aktrisalarni tanlashda boshqa rejissorlardan farqli yo‘l tutgan. Unga bosh qahramonlar roli uchun tajribali, professional ijodkorlar emas, yosh va qiyofasida beg‘uborlik ufurib turadigan uyatchan yigit-qiz kerak bo‘lgan.

Oliviya 1951-yil 17-aprelda Buenos-Ayresda dunyoga kelgan. Bolaligida ota-onasi ajrashgan va onasi farzandlarini olib Londonga ko‘chib ketgan. Oliviya to‘rt yoshidanoq aktrisa bo‘lishni istagan va maktab teatridagi to‘garakka qatnashni boshlagan.

Zeffirelli filmi uchun Julyetta qidirib mingga yaqin fotosurat va maktublar bilan tanishgan, yuzlab qizlarni kastingda sinab ko‘rgan. Ularning orasida Oliviya ham bo‘lgan va minglab qizlar orasidan aynan u tanlab olingan. Romeo rolini oddiy ingliz oilasining farzandi Leonard Uayting ijro qilgan va bosh rol ijrochilarining har ikkisi ham kinodagi omadli debyuti sabab “Oltin Globus” mukofotiga loyiq deb topilgan.

Premyeradan keyin aktyorlar filmni targ‘ib qilish uchun dunyo bo‘ylab safarga chiqqan. Film muvaffaqiyatli natija qayd qilganiga qaramay, aktyorlar gonorari maqtanadigan darajada bo‘lmagan. Suratga olish ishlari, taqdimot va tadbirlardan charchagan jamoaga odamlarning samimiy tabassumi va qarsaklar bilan kutib olishi dalda bo‘lgan. Oliviya shunday safarlarning birida Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashgan, shahzoda Charlz bilan raqsga tushgan.

1971-yilda aktyor Din Pol Martinga turmushga chiqqan va o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Oradan 7 yil o‘tgan va juftlik do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan holda ajrashishga qaror qilgan. Aktrisa 1977-yilda Zeffirellining yana bir filmida suratga tushadi, keyinroq Agata Kristining detektiv romani asosida suratga olingan “Nildagi o‘lim” filmida ham rol ijro qiladi.

Oliviyaning arsenaliga nazar tashlansa, o‘nlab filmlarni uchratish mumkin, lekin ularning hech biri “Romeo va Julyetta” singari omadli chiqmagan. 2003-yilda u Tereza ona rolini ijro qilgan.

2015-yilda bo‘lsa “Romeo” rolini ijro qilgan Uayting bilan agar “Romeo” va “Julyetta” hozirgi davrda yashasa, ularning hayoti qanday kechishi aks ettirilgan yana bir loyihada birga suratga tushgan. Ayni vaqtda 69 yoshda bo‘lgan aktrisa muxlislar uchun hamisha eng chiroyli “Julyetta” bo‘lib qoladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют