» » Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi missiyasini tugatayotgan Iordaniya elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi missiyasini tugatayotgan Iordaniya elchisini qabul qildi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2020-yilning 18-sentabr kuni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Iordaniya podshohligining favqulodda va muxtor elchisi Solih Ahmad al-Javarnehni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, BMT hamda Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, tomonlar ikki davlat o‘rtasida Ishbilarmonlar qo‘shma kengashini tuzish bo‘yicha fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida vazir elchining O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni izchil rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Solih Ahmad al-Javarneh, o‘z navbatida, O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritishida qulay sharoitlar yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Isroil davlatining favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapirani, Italiyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Agostino Pinnani qabul qilgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют