» » Avstraliyada syorfer qizga hujum qilgan akula tishini sindirib oldi

Avstraliyada syorfer qizga hujum qilgan akula tishini sindirib oldi


Avstraliyada akula syorferga hujum qilishga urinib, uning taxtasiga tashlangan va tishini sindirib olgan, deb xabar beradi Daily Mail.

Linda Marchant Sinkler Yangi Janubiy Uelsdagi Karabita-Bich qirg‘oqlarida syorfing bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan. Uning yoniga suzib kelgan akula syorfing taxtasini tishlab olgan. Qiz yirtqichdan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan, baliq esa o‘z tishidan ayrilgan.

“Karabita-Bichda syorfing uchmang. Katta akula taxtamni tishlab oldi”, — deb yozadi sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.

Nashrning ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa joyining yaqinida 8-sentabr kuni akula Nik Slayder ismli rieltorga tashlangan. U olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Karabita shahri yaqinidagi suvda cho‘miluvchilar uchun hudud akulalardan to‘r bilan himoyalangan. Biroq bu yirtqichlardan doim ham muhofaza qila olmaydi.

Avstraliyada akulalar hujumi tez-tez uchrab turadi. Xususan, 2018-yilda Pert shahri yaqinidagi portlardan birida akula syorferga hujum qilgan edi. Bellin shahri yaqinida esa 43 yoshli erkak syorfing paytida o‘ziga hujum qilgan akulani do‘pposlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют