» » Oq akula hujumiga uchragan syorfer uni do‘pposladi

Oq akula hujumiga uchragan syorfer uni do‘pposladi


Avstraliyaning Bellin shahri yaqinida akula o‘qituvchiga hujum qildi. Bu haqda 9news xabar berdi.

43 yoshi erkak erta tongda ishdan oldin syorfing uchun plyajga kelgan. Uzunligi 2,6 metr bo‘lgan akula kutilmaganda uning orqasidan zarba bergan va suvga yiqitib yuborib, oyog‘ini tishlari orasiga qisib olgan.

Syorfer qutulib qolgan va qirg‘oqqa qarab suzgan, biroq yirtqich ortga qaytmagan. Erkak syorfing taxtasini qo‘liga olib, akulaga zarba bergan va qirg‘oqqa suza boshlagan. Quruqlikka chiqib olgach, erkak oyog’idagi 20 santimetrli jarohatni payqagan. U shifoxonaga mustaqil borib, tibbiy yordam olishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют