» » Qozog‘iston shimolida yuqori patogenli parranda grippi tarqaldi

Qozog‘iston shimolida yuqori patogenli parranda grippi tarqaldi


Shimoliy Qozog‘iston viloyatida 9—16-sentabr oralig‘ida turli parrandalar o‘limi qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi matbuot xizmatiga tayanib, “Fergana.ru” xabar berdi.

“Milliy referent markazining aniqlashicha, ularning o‘limiga yuqori patogenli parranda grippi sabab bo‘lgan. Qabul qilingan qoidalarga ko‘ra, Qozog‘iston kasallik tarqalishi haqida Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkilotini ogohlantirgan”, — deyiladi xabarda.

17-sentabr kuni Shimoliy Qozog‘istonning yetti tumanida karantin joriy etilgan. Karantin qoidalariga ko‘ra, odamlar va avtotransport vositalarining harakati maksimal cheklangan, karantin zonalariga kirish va chiqishga dezinfeksiya to‘siqlari o‘rnatiladi.

Karantin so‘nggi kasallanish holatidan 21 kun o‘tgach, bekor qilinadi.

Avvalroq, Xitoyda koronavirus epimarkazi yaqinidagi hududda parranda grippi tarqalgani, Saudiya Arabistoni va Vyetnamda yuqori patogenli parranda grippi aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshlarida Xitoyda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlangani, u yangi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют