» » Qo‘qondagi “Shedevr” choyxonasida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha 37 nafar shaxs sud qilinmoqda

Qo‘qondagi “Shedevr” choyxonasida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha 37 nafar shaxs sud qilinmoqda


Qo‘qondagi “Shedevr” choyxonasida 2020-yil 5-fevral kuni kechasi bezorilik va odam o‘ldirishga suiqasd qilish jinoyatlari sodir etilgan, holat yuzasidan 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.

O‘zAning xabar berishicha, dastlabki tergov organi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (badanga qasddan o‘rtacha og‘ir jarohat yetkazish), 277-moddasi (bezorilik), 25-97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish), 248-moddasi 2 va 3-qismlari (qonunga xilof tarzda o‘qotar qurolini o‘tkazish va saqlash) kabi jinoyat sodir etgan jami 37 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining sudyasi Rahmatjon Arapovning ma’lum qilishicha, ish ochiq sud majlisida sudlanuvchilarning 29 nafar advokati ishtirokida ko‘rilmoqda. Hozirda sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari eshitilmoqda. Pandemiya sababli fuqarolarning sud majlisida ishtirok etishi cheklangan.

“Shunday bo‘lsa-da, karantin qoidalariga rioya etgan holda fuqarolarning ochiq sud majlisida ishtirok etishlari imkon darajasida ta’minlanmoqda. Keyingi sud majlislarida sudlanuvchilar bilan birga 60 dan ziyod guvohlarning ko‘rsatuvlari eshitiladi. Ish yuzasidan yakuniy qaror qachon chiqarilishi noma’lum, lekin qonuniy va adolatli hukm qonunda belgilangan muddatda chiqariladi”, — deydi Rahmatjon Arapov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют