» » Sergelida mast haydovchi Lacetti’da ikki piyodani urib ketib, Spark’ga to‘qnashdi

Sergelida mast haydovchi Lacetti’da ikki piyodani urib ketib, Spark’ga to‘qnashdi


Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 17-sentabr kuni taxminan soat 02:00 da 31 yoshli Farrux T. Lacetti'ni mast holda Sergeli tumani Chinor ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borgan. Chinor va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari kesishmasi yaqinida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi do‘konga to‘qnashib, so‘ng chetda turgan ikki nafar piyodalar — 24 yoshli Muhammad T. va 22 yoshli Alfiya B.ni urib yuborib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 32 yoshli Kamola N. boshqaruvidagi Spark’ga to‘qnashgan. Haydovchining ko‘rsatmalariga ko‘ra, avtomobil tezlikni oshirib harakatlangan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelishi bilan guvohlar haydovchi YTH joyini tark etishga harakat qilganini, ammo ular tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.

Lacetti urib yuborgan ikkala piyoda ham shifoxonaga yetkazilgan. YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda, bir qator ekspertizalar belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют