» » Shavkat Mirziyoyev: “Katta-katta vazirlar ham kasal bo‘lib, 4-5 kun uyida o‘tiribdi”

Shavkat Mirziyoyev: “Katta-katta vazirlar ham kasal bo‘lib, 4-5 kun uyida o‘tiribdi”


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari so‘nggi kunlarda mamlakatda yangi kasallanish holatlari soni ortib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Biz sizlar bilan kelishib, mana shunday sharoitda yashashga, ishlashga, o‘qishga, madaniy hordiq chiqarishga o‘rganishimiz kerak. Lekin hali hamma ham bunga e’tibor bermayapti, hamma ham buni tushunmayapti”, — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga chalingan vazirlar, mansabdor shaxslar, maktab direktorlari shifokor qabuliga bormasdan, 4-5 kun davomida uyida o‘tirganini tanqid qildi.

“Katta-katta vazirlar ham, katta-katta mutasaddilar ham, maktab direktorlari ham, ziyolilar ham 4-5 kun uyida o‘tiryapti. Bu o‘zining sog‘lig‘iga xiyonat-ku, o‘zining oilasiga xiyonat-ku. Biz hammaga aytyapmiz, shamolladingmi, darrov shifokorga murojaat qil, tibbiyot maskaniga kel”, — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatilganidan keyin koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik yangi holatlar soni pasayishni boshladi va 3-sentabr kuni 257 tagacha tushdi. Biroq undan keyingi kunlarda yangi kasallanganlar soni keskin oshishni boshladi. Xususan, 10-sentabr kuni 749 ta yangi holat qayd etildi. Shundan so‘ng aniqlanayotgan kunlik yangi holatlar soni 500 tadan oshmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 17-sentabr kuni 599 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 oqibatida 11 yoshli bola vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют