» » O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi aviayo‘nalish ochish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi aviayo‘nalish ochish rejalashtirilmoqda


Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari Aqtau va Urganch o‘rtasida aviaqatnovlarni ochish masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Sof.uz”.

Muzokaralar Xorazm viloyati hokimining Turizm va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Davletov hamda Mang‘istau viloyati investitsiyalar va turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Aytjanov o‘rtasida olib borildi.

Ma’lum qilinishicha, parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Aqtau—Urganch reysini ochish masalasi Xorazm va Mang‘istau viloyatlari hokimliklari, shuningdek, ikki mamlakat aviakompaniyalari vakillari ishtirokida 17-sentabr kuni o‘tkazilgan videokonferensiyada muhokama qilingan. Yo‘nalish Buyuk ipak yo‘li loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

Qozoq OAVlari yozishicha, Mang‘istau viloyati rahbariyati nomidan biz Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi barcha sohalardagi hamkorlikni faollashtirish va yanada rivojlantirish uchun doimiy reyslarning ochilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shaharlar o‘rtasidagi parvoz O‘zbekiston tomonining tayyorligidan so‘ng amalga oshiriladi, degan Nurbek Aytjanov.

Aqtaudagi O‘zbekistonning bosh konsuli Nodirjon Turg‘unov ham bu ikki mamlakat o‘rtasida turizm rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan.

“Turk dunyosi tarixiga qiziquvchilar Istanbul orqali Aqtauga uchishlari mumkin, Aqtaudan Urganchga borishlari, Xiva go‘zalligini ko‘rishlari, keyin Buxoro, Samarqand, Toshkent, Turkiston va Urumchiga borishlari mumkin. Ushbu yo‘nalish bizning yo‘lovchilarimizda katta talabga ega bo‘ladi”, - dedi Aqtau xalqaro aeroporti boshqaruvi raisi o‘rinbosari Meruyert Joldibayeva.

Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini qamrab oladigan qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlari va dasturlarini ishlab chiqish taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar 11-sentabrdan rasman tiklangandi.

Mavzuga doir: Aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar karantinni o‘z uyida o‘taydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют