» » XTV: “Maktab ta’tillari vaqtini o‘zgartirish rejalashtirilmagan”

XTV: “Maktab ta’tillari vaqtini o‘zgartirish rejalashtirilmagan”


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hozircha maktabdagi ta’til kunlariga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmagan, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati. Koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda o‘quv yili 14-sentabrdan boshlangandi.

“Ta’til kunlarining o‘zgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi”, — deb qayd etilgan vazirlik xabarida.

Amaldagi tartibga ko‘ra o‘quv yili 2-sentabrdan 25-mayga qadar davom etadi. O‘quv yil 34 haftadan iborat 4 ta chorakka bo‘linadi, har bir chorak oralig‘ida ta’tillar belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi 14-sentabrdan boshlab 139 ta maktab o‘z faoliyatini an’anaviy shaklda boshlagani to‘g‘risida xabar bergandi. Darslar boshlanganidan bir kun o‘tib, ya’ni 15-sentabr kuni Shayxontohur tumanidagi 40, 262-sonli maktablarda an’anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgandi. Oradan ikki kun o‘tib tumandagi yana bir maktabda an’anaviy o‘quv jarayoni vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston maktablarida darsliklar yetishmovchiligi yuzasidan izoh berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют