» » Video: Alibaba’dan 31 ming dollarga sportkar buyurtma qilib aldangan bloger

Video: Alibaba’dan 31 ming dollarga sportkar buyurtma qilib aldangan bloger


YouTube’dagi The Inja niki ostida faoliyat ko‘rsatuvchi bloger Xitoyning dunyoga mashhur Alibaba sayti orqali buyurtmani amalga oshirib, firibgarlarga aldangani to‘g‘risida videorolik e’lon qildi. Erkak 31 ming dollarga Qiantu K50 elektrokupeni xarid qilgan, biroq unga kichkina, noma’lum elektroxetchbekni yetkazib berishganida hayratga tushgan.

Qiantu K50 Xitoyning Qiantu Motor kompaniyasi tomonidan yaratilgan lyuks elektromobil hisoblanadi. Kupe 400 ot kuchiga ega to‘liq elektrodvigatel bilan jihozlangan. Sportkar soatiga 100 kilometr tezlikka besh soniyada erisha oladi. Modelning maksimal tezligi esa 200 km/soatga teng. Shimoliy Amerikada avtomobilning rasmiy narxi 125 ming dollarni tashkil etadi.

Biroq Alibaba saytida kupe 31 ming dollardan sotilgan. E’londa markaning logotipi tushirilgan va sportkar nomi keltirilgan surat bo‘lmagan. Biroq bu kabi faktlar bloglerni to‘xtatib qola olmagan. Erkak pul tejash maqsadida sotuvchiga ishongan.

Uzoq kutilgan konteynerni ochgan bloger uning ichidan noma’lum firma tomonidan ishlab chiqarilgan kichkina oq-pushti elektroxetchbekka duch kelgan. Shuningdek, u ikki eshikli mashinani yasashda ishlatilgan materiallardan ham hayratga tushgan. Avtomobil arzon plastikdan yasalgan.

Bloger o‘zining omadsiz xaridi haqida YouTube’da bo‘lishgan. Avvaliga sotuvchi firibgarlik holatini tan olishni istamagan. Biroq video yuz minglab marotaba tomosha qilingach, xaridor qisman kompensatsiya olishga muvaffaq bo‘lgan, biroq buning evaziga u videorolikni kanalidan o‘chirib tashlashi kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют