» » “Kun.uz” Kitobdagi holat bo‘yicha o‘chirib tashlangan maqolasini qayta e’lon qildi va OAVga bosim o‘tkazilganini bildirdi

“Kun.uz” Kitobdagi holat bo‘yicha o‘chirib tashlangan maqolasini qayta e’lon qildi va OAVga bosim o‘tkazilganini bildirdi


“Kun.uz” nashrida Qashqadaryoning Kitob tumanida mahalliy ma’muriyat kambag‘allik ro‘yxati (“temir daftar”)ga kiritilmagan shaxslarga yer ajratib berilgani to‘g‘risida maqola e’lon qilingani, biroq u keyinroq o‘chirib tashlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘chirib tashlangan material “Daryo.uz” va “Gazeta.uz” nashrlarida e’lon qilinganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda blogerlarning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi. 19-sentabr kuni “Kun.uz” ushbu maqolani qayta e’lon qildi va uni “turli shaxslar o‘z amal va imkoniyatlaridan foydalanib, qo‘ng‘iroqlar bilan maqolani saytdan o‘chirtirishganini” bildirdi.

“‘Temir daftar’ bo‘yicha navbatdagi spektakl. Rollarda yana mahalla raisi va tuman mutasaddilari” sarlavhasi ostidagi maqola  15-sentabr kuni soat 21:20 da e’lon qilingan (u 15 ming martadan ko‘proq o‘qilgan), ammo ko‘p o‘tmay o‘chirib tashlangan va uning nusxasi Google keshida saqlanib qolgan.

Muxbirlar tomonidan Qashqadaryoga uyushtirilgan press-tur chog‘ida tayyorlangan ushbu maqola e’lon qilingach, turli shaxslar o‘z amal va “imkoniyat”laridan foydalanib, qo‘ng‘iroqlar bilan maqolani saytdan o‘chirtirishdi. Biroq bu xatti-harakat teskari samara berib, jurnalist va blogerlarning diqqat markaziga tushdi va maqola boshqa platformalar orqali yanada kengroq tarqala boshladi.

Chunki maqolada hech kimga tuhmat qilinmagan, voqea bor bo‘y-basti bilan ko‘rsatilgan. Zero davlat rahbari va hukumatning aholiga ijtimoiy yordam berish borasidagi qaror va topshiriqlarini bajarishda joylardagi rahbarlar haybarakallachilik va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yishayotgani hammada haqli e’tiroz uyg‘otmoqda.

Boz ustiga, davlat rahbari har chiqishida so‘z erkinligini ta’minlash va jamoat nazoratini kuchaytirish haqida gapirib turgan bir davrda eskicha ishlashga o‘rganib qolgan ayrim amaldorlarning ko‘zbo‘yamachilik va so‘z erkinligini bo‘g‘ishga qaratilgan xatti-harakatlari bundan buyon mana shunday teskari samara berishini anglab olishlari kerakmikan...

“Kun.uz” tahririyati

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning noyabrida O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarning birida Shavkat Mirziyoyev so‘nggi vaqtlarda ayrim mutasaddilar va OAV vakillari o‘rtasida kuzatilgan ziddiyatli holatlarga e’tibor qaratib, rahbarlarni xalq va OAV bilan muloqotda kibrga berilmaslikka chaqirgandi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida esa “ommaviy axborot vositalari odamlarga haqiqiy muammolarni qancha ko‘p yetkazsa, rahbar sifatida ulardan minnatdor bo‘lishi” va “bu ochiqlik hech qachon orqaga qaytmasligini” ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: Komil Allamjonov: Mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi (video)

Shu yilning avgust oyining boshlarida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov OAV va blogerning “ovozini o‘chirish”ga urinish bilan hech qanday natijaga erishib bo‘lmasligini aytgandi. Shuningdek, Allamjonov “Ular” loyihasiga bergan intervyusida ham O‘zbekistonda jurnalist va blogerlar gapirgan gapi uchun qamalmasligi kerakligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют