» » Pastdargomda 1000 ta joja boqib, kambagallikdan qutilgan yigit mahalla raisining ogli, tuman prokurori esa shu spektakl mualliflaridan biri bolib chiqdi

Pastdargomda 1000 ta joja boqib, kambagallikdan qutilgan yigit mahalla raisining ogli, tuman prokurori esa shu spektakl mualliflaridan biri bolib chiqdi


Samarqand viloyatining Pastdargom tumanida Temir daftarga kiritilgan kambagal xonadon vakili deb muxbirlarga tanishtirilgan yigit mahalla raisining ogli bolib chiqdi, bu holatdan sektor rahbari hisoblangan tuman prokurori ham xabardor bolgan, deya xabar bermoqda Kun.uz.

Kun.uz nashrida 5-sentabr kuni Pastdargom tumani Qoqoni mahallasida yashovchi Doston Tirkashev bilan intervyu elon qilingan. Unda yigit tadbirkorlikni endi boshlagani, sekin-asta oila oz imkoniyatlarini tiklab borayotgani, otasi ayni vaqtda Rossiyada (mehnat muhojirligida) ekani yoritilgandi.

Ochigi, mahalladan bizga har safar yordam berilganda uyalardim, vijdonim qiynalardi... Doimiy ishim bolmagani sababli rozgorimizda songgi oylarda ancha yetishmovchilik bolgani rost..., degan osha intervyuda Doston. U mahalla vakillari taklifi bilan joja boqishni boshlagani, hudud rahbari bolgan tuman prokurori ham kelib, dalda berganini takidlagan.

Birinchi safar besh millionga yaqin daromad oldik. Mana bu korib turganlaringizni boqayotganimga 10 kuncha boldi. Bu safar besh million sof foyda olishni rejalashtirib turibmiz. Ochigi, endi ishimni topdim, degan Doston mana shu ish ortidan topilgan pulga oila qurgani, 30 kishilik toy otkazganini ham aytib otgan.

Kun.uzning qoshimcha qilishicha, Doston Tirkashev bularning barini sozlab bergan vaqtda mahalla raisi Husniddin Tursunov va tuman prokurori Asror Valiyev ham muxbirlar bilan birga bolgan; oshanda prokuror bu xonadonni kambagalchilikdan chiqarishga bosh-qosh bolayotganini tasdiqlagan.

Buni mahalla raisi Tursunov ham tasdiqlab, prokuror Dostonning tadbirkorlik qilishiga komaklashayotgani, quduqqa nasos tashlab bergani haqida gapirgan. Bundan tashqari, bu oilaga davlat tomonidan naqd pul korinishda moddiy yordam berilgani, uyi esa hashar yoli bilan tamirlangani ham malum qilingan.

Maqola elon qilingach, Kun.uz saytiga Doston Tirkashev yashovchi qishloqdan koplab etirozlar tushgan. Bu etirozlarda Dostonning otasi Rossiyada emasligi, balki aynan shu mahalla raisi (Husniddin Tursunov) ekani takidlangan. Shundan song nashr muxbirlari yana Qoqoni mahallasida bolib, etirozlar asosli ekanini aniqlagan.

Shunga qaramay, Doston Tirkashevning ukasi ular mahalla raisining farzandlari ekanini yashirishga urinib, Dadam Rossiyada, mahalla raisi bu uyda turmaydi, degan. Husniddin Tursunovning ozi esa osha kuni shoshgani, Temir daftarga kiritilgan oila sifatida kimni korsatishni bilmay qolganini malum qilgan.

Kun.uzda 8-sentabr kuni elon qilingan 1000 ta joja spektakli haqidagi maqolasi yuzasidan Pastdargom tumani hokimligi munosabat bildirdi. Unda takidlanishicha, mahalla oqsoqoli mahallasida kambagallik boyicha qilingan ishlarni organishga kelgan muxbirga yolgon malumot bergan.

Yani, rais oz xonadoniga kirib, bu kam taminlangan oilaning uyi ekanini aytgan. Ushbu holat tuman mutasaddilari tomonidan tegishli tartibda tanqidiy muhokama etiladi va jiddiy xulosa qilinadi, deyiladi tuman hokimligi munosabatida.

Tuman prokurorining xatti-harakatlari yuzasidan vakolatli idoralar hozircha biror munosabat bildirgani yoq, shuningdek, jurnalistlarning ushbu xonadon vakillari bilan uchrashuvini tashkillashtirishga masul boshqa tashkilotlar ham voqea boyicha hozircha biror izoh bermadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (8-09-2020, 12:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -