» » Samarqandda xizmat o‘tayotgan 31 yoshli IIB profilaktika inspektori Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi

Samarqandda xizmat o‘tayotgan 31 yoshli IIB profilaktika inspektori Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 31 yoshli IIB profilaktika inspektori Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1-sentabr kuni soat 23:00 larda Pastdarg‘om tumani IIB profilaktika inspektori Ravshan Boqiyev tuman hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lida xizmat o‘tayotgan vaqtida haydovchisi spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan Damas avtomashinasi inspektor va 2 nafar fuqaroni urib yuborgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan Ravshan Boqiyev vafot etgan.

“IIV rahbariyati va shaxsiy tarkibi o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan xodimning bevaqt o‘limi munosabati bilan yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Toshkentda 19 yoshli yigit Lacetti’da YPX inspektorini urib yuborgani, inspektor shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida vafot etgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют