» » Sirdaryoda “KamAZ” piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Sirdaryoda “KamAZ” piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi


Sirdaryoda “KamAZ” haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19-avgust kuni soat 16:50 larda fuqaro J.A. “KamAZ-532120” yuk transport vositasini boshqarib ketayotib, Oqoltin tumani hududidan o‘tgan xalqaro Termiz—Toshkent yo‘nalishida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Haydovchi yo‘lning belgilanmagan qismini kesib o‘tayotgan D.M. ismli fuqaroni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda D.M. olgan tan jarohatlari og‘irligidan voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida “DAF XF 105” rusumli yuk avtomashinasi va Orlando to‘qnashuvi tufayli yengil mashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchi T.J. voqea joyida vafot etgani, Kitob tumanida esa “KamAZ” haydovchisi qishloq hududidagi ichki yo‘lda 7 yoshli qizchani urib yuborishi oqibatida qizaloq vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют