» » Yangiyo‘l va Zangiota tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yangiyo‘l va Zangiota tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


Yangiyo‘l va Zangiota tumanida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hamda Zangiota tumani hokimligi.

Qayd etilishicha, 2020–2021-yillar uchun kuz?qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish, yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarida bosim ostida sinov ishlari olib borilishi sababli Yangiyo‘l shahar hamda tumanida 2020-yil 21-sentabr soat 08:00 dan 24-sentabr soat 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Zangiota tumanida esa 2020-yil 21-sentabr soat 09:00 dan 24-sentabr soat 18:00 ga qadar jami 25 500 ta aholi va ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti o‘chiriladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Hokimliklar xabarida gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli iste’molchilardan uzr so‘ralgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют