» » “Kim qilganini Yodgor biladi, men ham bilaman”. Erkin Komilov “Shaytanat”ning nima uchun “zapret”ga tushgani haqida gapirdi (video)

“Kim qilganini Yodgor biladi, men ham bilaman”. Erkin Komilov “Shaytanat”ning nima uchun “zapret”ga tushgani haqida gapirdi (video)


O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Erkin Komilov suhbat davomida “Shaytanat” serialini 20 yil davomida kim “zapret” qilganini bilishini, ammo uning kimligini ayta olmasligini ma’lum qildi.

Alloh shu kunlarni to‘g‘ri qilgan ekan, mana serial baribir berildi. Kimdir qilgan bu “zapret”ni, lekin kim qilganini Yodgor biladi, men ham bilaman. Aytib bo‘lmaydi. Baribir efirga ketdi-ku. Shunday narsalar bo‘lganki, masalan Mirzo Ulug‘bekni o‘ynaganimda kimlardir kelib ko‘klarga ko‘tardi. Uyoqqa noto‘g‘ri yetib borgan. Endi bunga nima deysiz? Biz kimga yomonlik qilibmiz? Yomonlik yetib borgandan keyin kelib ko‘rmaydimi, o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi kerak-ku, axir bir vaqt topib bo‘lsa-da! Kelib ko‘rsa, yo to‘g‘ri ekan, yo noto‘g‘ri ekan deydi.

To‘g‘ri, hammaga ham yoqavermaymiz. Hammaga yoqaman deyish ham kufrlikka kiradi. Yo‘q, biz ham bir bandamiz. Kimgadir osh yoqadi, kimgadir shavla. Xuddi shunaqa narsa “Shaytanat”da ham bo‘lgan. To‘xtatib qo‘ya qolgan.

Yoki Tohir Malikka bir xusumati bordir u insonni, yoki Yodgorga xusumati bordir, yoki filmni o‘zi yoqmagandir. Nega bunday filmlarni targ‘ib qilishimiz kerak degandir. To‘g‘ri, “Shaytanat”dagilar hammasi shayton yo‘liga kirganlar. Hammasi odam o‘ldirgan, hammasi ham oppoq emas: Asadbek ham, Hosilboy ham, Chuvrindi ham, Haydar ham. Bitta Jalil bu yerda pok. Lekin baribir aql yo‘liga kirishdi-ku, xatosini tan oldi-ku. Shunaqa insonlarga muhtoj ekan, Asadbek kabi yigitlarga ham muhtojlar bor ekan-ku, jamiyatda.

Kimgadir yaxshilik qilgan, kimgadir yomonlik qilgan. Lekin jamiyatga emas. Birortasi jamiyatga, davlat siyosatiga putur yetkazmagan. O‘z yo‘lida haddidan oshganlarni jazosini bergan. Lekin siyosatga ham aralashmagan, yaxshi ham demagan, yomon ham demagan. Vijdon hamma narsadan ulug‘ turgan.

Demoqchimanki, nimadan qo‘rqadi? Davlatlar nimadan hayiqib turadi? Albatta, quroldan. Davlatdan nega hayiqamiz biz? Chunki qonun ustuvor. Endi qonunni chiqarganlar nimadan qo‘rqishi kerak? Xudodan qo‘rqishi kerak. Xudodan qo‘rqmasa, u qonun bir tiyin. O‘zlari qonunni chiqarib qo‘yib, o‘zlari buzishi mumkin. Shuning uchun ular Xudodan qo‘rqishi kerak.

Bu dunyo hammamizdan qolaveradi, insoniyatni ko‘tarib olib ketaveradi. Bu dunyoning yaralganiga 4,5 mlrd yil bo‘lgan bo‘lsa, hali birorta odam uyoqdan buyoqqa kelgan emas. Odamlardan faqat yaxshilik qoladi.

Erkin Komilov, O‘zbekiston xalq artisti

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” serialini “zapret” qilgan odamlarning o‘zi, nega serialni “zapret” qilishganini bilmasligini aytgandi. “Shaytanat” serialining hali efirga uzatilmagan 21-qismi ham mavjud bo‘lib, ushbu qism Alisher Navoiy nomli kino saroyida premyera qilinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют