» » 17 yoshli Jud Bellinghem Bundesliga rekordini o‘rnatdi

17 yoshli Jud Bellinghem Bundesliga rekordini o‘rnatdi


Germaniya chempionatining 1-turida Dortmundning “Borussiya”si “Borussiya M”ni 3:0 hisobida taslim etdi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Jud Bellinghemning uzatmasidan keyin Jovani Reyna hisobni ochdi.

17 yosh-u 82 kunlik Bellinghem mazkur statistika yuritib kelinayotgan (2004-yildan buyon) davr ichida golli uzatma amalga oshirgan Bundesliganing eng yosh o‘yinchisiga aylandi. Bu Bellinghem uchun Bundesligadagi debyut uchrashuv edi.

Ta’kidlash joiz, gol muallifi Reyna ham 17 yoshda.

Eslatib o‘tamiz, “Borussiya D” angliyalik futbolchini yozgi transferlar vaqtida  23 million yevro evaziga “Birmingem Siti”dan sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют