» » “Manchester Yunayted” 6 yil deganda ilk bor va APL tarixida 3-marta mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi

“Manchester Yunayted” 6 yil deganda ilk bor va APL tarixida 3-marta mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi


“Manchester Yunayted”Angliya Premyer Ligasi 2-turi doirasida “Kristal Pelas”ga qarshi kechgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (1:3).

Manchester klubi 2014/15-yilgi mavsumdan keyin ilk bor Angliya chempionatidagi dastlabki o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” APL joriy qilingandan buyon 29 mavsum ichida uchinchi marta mavsumning ilk o‘yinida yutqazib qo‘ydi.

Ole-Gunnar Sulsher shogirdlarining APLdagi ketma-ket 14 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga (9 g‘alaba va 5 durang) ham nuqta qo‘yildi. Jamoa so‘nggi bor 22-yanvarda “Byornli”ga yutqazib qo‘ygandi (0:2).

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” 1-tur doirasida “Byornli”ga qarshi o‘ynashi kerak edi. Biroq mazkur bahs mankunianlarning Yevropa Ligasidagi ishtiroki sabab qoldirilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют