» » Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining videoanjuman shaklida o‘tadigan 75-sessiyasida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining videoanjuman shaklida o‘tadigan 75-sessiyasida ishtirok etadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

“Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyev sessiyaning yalpi qismida so‘zga chiqib (Prezidentning chiqishi 23-sentabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga belgilangan), xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etadi hamda O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.

“Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib o‘tish masalalariga to‘xtalib o‘tiladi”, — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Prezident mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil sentabrida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют