» » Toshkentda “Shum bola-2020” xalqaro kinofestivaliga start berildi

Toshkentda “Shum bola-2020” xalqaro kinofestivaliga start berildi


“O‘zbekkino” milliy agentligi va Toshkentdagi Gyote instituti “Shlingel” xalqaro kinofestival hamkorligida “Shum bola-2020” kinofestivali o‘tkaziladi.

Festival 21—25-sentabr kunlari Humo arenada bo‘lib o‘tadi. Bolalar va o‘smirlar kino sanoatidagi so‘nggi xalqaro mahsulotlarni yetkazib beruvchi “Shlingel” xalqaro kinofestivali tomonidan zamonaviy hamda dolzarb mavzudagi nemis filmlari o‘zbek va rus tillarida namoyish etiladi. Shuningdek, festival doirasida o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar hamda “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan yaratilgan “Zumrasha” kinojurnalining yangi filmlari taqdim etiladi.

“Shum bola-2020” festivali bolalar, yoshlar, ota-onalar, o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Namoyishlarga kirish bepul.

Ma’lumot uchun, festival dasturidan Germaniyaning “Juda qalin do‘stlar”, “Ko‘rinmas Syu”, “Rokka dunyoni o‘zgartiradi”, “Fritsi – tarixdagi burilish nuqtasi” kabi filmlar o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют