» » OChL. “Paxtakor” Aziz G‘aniyev jamoasini mag‘lub etolmadi, “Al-Hilol” pley-off masalasini hal qildi

OChL. “Paxtakor” Aziz G‘aniyev jamoasini mag‘lub etolmadi, “Al-Hilol” pley-off masalasini hal qildi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 5-turida “Paxtakor” 20-sentabr, yakshanba kuni “Shabob al-Ahli”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘zbekistonlik futbolchilar nazorati ostida kechdi. Biroq raqib darvozasi oldida u qadar ko‘p xavfli vaziyatlar sodir bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘limda maydonda teng kurash bo‘ldi. O‘yin yakuniga borib “sherlar” bosimni oshirdi va amirliklar darvozasi oldida bir qator qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Biroq 0:0 hisobi bahs yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Al-Hilol” jamoasi “Shahr Xodro” bilan nursiz durang qayd etdi va muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi.

“Paxtakor” ochkolarini 8 taga yetkazib oldi va 2-o‘rinda bormoqda. “Shabob al-Ahli” hisobida 7 ochko bor. “Al-Hilol” 11 ochko to‘plagan bo‘lsa, “Shahr Xodro” 1 ochko bilan bormoqda.

Shu tariqa ikkinchi yo‘llanma masalasi so‘nggi turda hal bo‘ladigan bo‘ldi. 6-turda “Paxtakor” fors jamoasi bilan o‘ynaydi, “Shabob al-Ahli” esa amaldagi chempionga qarshi saf tortadi.

OChL

5-tur bahslari

20-sentabr, yakshanba

“Shabob al-Ahli”: Majid Nosir, Abdulaziz Haykal, Muhammad Jaber, Volid Abbos, Ahmad Jamil, Eyd Hamis (Ahmad Alhashmi, 53) (Pedro Konde, 76), Abdulla Naqbi (Azizjon G‘aniyev, 62), Majid Hassan, G‘arib Abdulla (Muhammad Juma, 62), Karlos Eduardo, Ahmad Halil.

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimets, Farruh Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Abror Ismoilov, 72), Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 65), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 72).

Ogohlantirishlar: Sobirxo‘jayev (7), Abbos (46), Haykal (49), Eduardo (78), Ismoilov (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 01:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют