» » OChL. Bir o‘yinchi kam bo‘lib qolgan “Paxtakor” 97-daqiqada gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi

OChL. Bir o‘yinchi kam bo‘lib qolgan “Paxtakor” 97-daqiqada gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 3-turida “Paxtakor” 14-sentabr, dushanba kuni “Al-Hilol” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvni toshkentliklar faol boshladi va birinchi bo‘limda to‘liq ustunlik Shota Arveladze shogirdlari tomonida bo‘ldi. Biroq Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lim so‘ngida hisobni ochishga erishdi. “Yuventus” sobiq futbolchisi Sebastyan Jovinko jarima zarbasini muvaffaqiyatli ijro etgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda ham “Paxtakor” o‘yinchilari to‘p nazoratini o‘z qo‘liga olishga erishdi. 64-daqiqada Eldor Suyunov jarima maydoni tashqarisida qo‘l bilan harakat qilib, raqib hujumini to‘xtatib qoldi va hakam “Paxtakor” darvozaboniga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida Eren Derdiyok muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalar saudiyaliklarning bosimi ostida o‘tdi, nominal mezbonlar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqasida g‘alabani ilib ketdi.

Guruhning ikkinchi o‘yini “Shabob al-Ahli” va “Shahr Xodro” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda Aziz G‘aniyev jamoadoshlari G‘arib Abdulla Suhailning yagona goli evaziga g‘alabaga erishdi. G‘aniyev ushbu o‘yinda to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa “Al-Hilol”ning ochkolarini 9 taga yetdi va jamoa birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Paxtakor” 6 ochko bilan 2-o‘ringa tushdi. Ushbu jamoalar keyingi turda ham o‘zaro bahs yuritadi.

OChL

3-tur bahslari

14-sentabr, dushanba

Gollar: 1:0 – 45+2 Jovinko, 1:1 – 70 Derdiyok, 2:1 – 90+7 Bahebri.

“Al-Hilol”: Abdulloh al-Muayuf, Sebastyan Jovinko, Yosir ash-Shahroni, Nossir al-Dovsari (Hattan Bahebri, 82), Abdulloh al-Hafiz, Bafetimbi Gomis, Andre Karrilyo, Chan Hyun Su, Amir Qurdi (Ali al-Bulayhi, 89), Muhammad Kanno, Salim al-Dovsari,

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 62), Yegor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Sanjar Quvvatov, 67), Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Abrorbek Ismoilov, 67), Farruh Sayfiyev (Akrom Komilov, 85).

Ogohlantirishlar: Al-Shahroni (26), Cheran (81), Ismoilov (90), Komilov (90+3),

Chetlatish: Suyunov (65).

Gol: 1:0 – 75 G‘arib Abdulla.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 01:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют