» » La Liga. “Real” mavsumdagi ilk o‘yinida ochko yo‘qotdi

La Liga. “Real” mavsumdagi ilk o‘yinida ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 2-turida “Real” jamoasi 20-sentabr, yakshanba kuni “Real Sosyedad” uyida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi to‘liq madridliklar tashabbusi ostida o‘tdi. Biroq Zinedin Zidan shogirdlari vaziyatlarni yakunlashda muvaffaqiyatli harakat qila olmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham shunga o‘xshash holat kuzatildi, faqat, o‘yin yakunlanishi arafasida maydon egalarida ham imkoniyatlar yuzga keldi. Ammo mazkur bahsda darvozalar daxlsiz qoldi.

Shu tariqa Primera amaldagi chempioni mavsumni durang bilan boshladi.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar ishtirokidagi 1-turdan o‘rin olgan “Xetafega” qarshi o‘tishi kerak bo‘lgan bahs “Real”ning Yevrokuboklardagi ishtiroki sabab qoldirilgandi.

Madridliklar keyingi turda “Betis”ga qarshi o‘ynaydi, “Sosyedad” esa “Elche” maydoniga safar qiladi.

La Liga

2-turi bahslari

20-sentabr, yakshanba

“Real Sosyedad”: Remiro, Munyos, Gorosabel, Elustondo, Le Norman, Barrenechea (Bautista, 75), Gevara (Gonsales, 89), Oyarsabal (Yanuzay, 74), Merino, Portu, Isak (Silva, 63).

“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kroos, Modrich (Valverde, 70), Vinisius Junior (Arribas, 90), Edegor (Kazemiro, 69), Rodrigo (Marvin, 70), Benzema.

Ogohlantirishlar: Barrenechea (24), Mendi (29), Munyos (33), Karvaxal (83).

Gollar: 0:1 – 11 Negredo, 0:2 – 83 Pombo.

Gollar: 1:0 – 10, penalti Fekir, 2:0 – 18 Vilyam Karvalyu.

Gollar: 1:0 – 7 Soldado, 1:1 – 22 Xoselu, 2:1 – 79 Machis.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 02:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют