» » La Liga. “Real” safarda “Sosyedad”ni mag‘lub etib peshqadamga aylandi

La Liga. “Real” safarda “Sosyedad”ni mag‘lub etib peshqadamga aylandi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 30-turida Madridning “Real” klubi 21-iyun, yakshanba kuni “Real Sosyedad” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi madridliklar nazorati ostida kechdi, biroq tanaffusga qadar darvozalar dahlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida “Real” penalti ishlab oldi, uni Serxio Ramos aniq bajarib, hisobni ochdi. 70-daqiqada Karim Benzema “Real”ning ikkinchi golini urdi.

Bunga San-Sebastyan klubi Mikel Merinoning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Real” ochkolarini 65 taga yetkazib olgan holda “Barselona”ga tenglashib oldi va katalon klubini qo‘shimcha ko‘rsatkichlarda ortda qoldirgan holda peshqadamga aylandi. “Real Sosyedad” 47 ochko bilan 7-o‘ringa joylashgan.

Shuningdek, “Valensiya” Gonsalu Gedesh va Rodrigoning gollari evaziga “Osasuna”ni mag‘lub etdi. “Selta” esa “Alaves” darvozasiga javobsiz oltita gol urdi.

La Liga

30-tur bahslari

21-iyun, yakshanba

Gollar: 0:1 – 50, penalti Ramos, 0:2 – 70 Benzema, 1:2 – 83 Merino.

“Real Sosyedad”: Remiro, Lyorente, Monreal, Gorosabel (Elustondo, 60), Le Norman, Merino, Subeldiya (Subimendi, 80), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Edegor (Lopes, 79), Portu, Isak (Villian Joze, 79).

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Varan, Kroos, Valverde (Modrich, 89), Xames (Asensio, 78), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 78).

Ogohlantirishlar: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lyorente (48), Modrich (90+4), Merino (90+7).

Gollpr: 1:0 – 14 Murilyo, 2:0 – 20, penalti Aspas, 3:0 – 40 Rafinya, 4:0 – 41 Rafinya, 5:0 – 78, penalti Nolito, 6:0 – 86 Santi Mina.

Gollar: 1:0 – 12 Gedesh, 2:0 – 35 Rodrigo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 03:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют