» » La Liga. “Real” Madridda g‘alaba qozondi, “Atletiko” esa safarda ochko yo‘qotdi (video)

La Liga. “Real” Madridda g‘alaba qozondi, “Atletiko” esa safarda ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha La Liga 13-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuniga belgilangan yana uchta o‘yin yakuniga yetdi.

“Valensiya” safarda “Betis”ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, “Atletiko M” esa “Granada” mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Kunning so‘nggi o‘yini Madridda kechdi. Unda Zidan boshliq “Real” Sosyedadning “Real”ini qabul qildi. Mehmonlar 2-daqiqada Villian Jozening goli sabab hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, 37-daqiqada Karim Benzema hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Federiko Valverde Madridni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 74-daqiqada Luka Modrich o‘zining aniq zarbasi bilan o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng madridliklar ochkolari sonini 28 taga yetkazib, “Barselona” bilan tenglashib oldi. Ikkala jamoa musobaqa jadvalida qo‘shhokim bo‘lib turibdi.

La Liga

13-tur bahslari

23-noyabr, shanba

“Betis” — “Valensiya” 2:1

Gollar: 0:1 – 32 Maksi Gomes, 1:1 – 37 Xoakin, 2:1 – 90 Kanales.

“Granada” — “Atletiko M” 1:1

Gollar: 0:1 – 60 Lodi, 1:1 – 67 Herman Sanches.

“Real M” — “Real Sosyedad” 3:1

Gollar: 0:1 – 2 Villian Joze, 1:1 – 37 Benzema, 2:1 – 47 Valverde, 3:1 – 74 Modrich.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют