» » Buxoroda IIBning xizmat itlari yordamida 56 ta o‘g‘rilik, 24 ta giyohvandlikka oid jinoyat ishi fosh etilgan

Buxoroda IIBning xizmat itlari yordamida 56 ta o‘g‘rilik, 24 ta giyohvandlikka oid jinoyat ishi fosh etilgan


Buxoro viloyatida IIBning xizmat itlari ko‘magida 56 ta o‘g‘rilik va 24 ta giyohvandlikka oid jinoyat ishi fosh etilgan. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan IIB axborot xizmatining ta’kidlashicha, Jondor tumanidagi o‘g‘rilik ishi  ham xizmat iti yordamida topilgan.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning 14-sentabr kuni Jondor tumanida yashovchi 27 yoshli M.T. mahalladoshi M.I.ning yashash uyidan salkam 600 ming so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlagan.

Holat IIBga ma’lum bo‘lgach, tezkor tergov guruhi ishga kirishgan. Guruh tarkibida Reks laqabli xizmat iti bilan viloyat IIB Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi Ashraf Qilichov ham bo‘lgan.

Ashraf Qilichov xizmat iti bilan o‘g‘rilik qilgani gumon qilingan M.T.ni qo‘lga olgan.

M.T. qo‘lga olingach, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Inspektor-kinolog Ashraf Qilichovga Reks laqabli xizmat iti olti oyligidan boshlab biriktirilgan va u ayni paytda 2,5 yoshda. Uning ko‘magida bir nechta o‘g‘rilik jinoyatlari fosh etilgan. Viloyatda IIB Post patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati pitomnikida yana 65 ta xizmat iti saqlanmoqda”, — deydi kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Damin Mo‘minov.

Damin Mo‘minovga ko‘ra, 2020-yilning ayni paytiga qadar viloyatda xizmat itlari ko‘magida 56 ta o‘g‘rilik holatlari aniqlanib, giyohvandlikka oid 24 ta jinoyat fosh etilgan.

Mavzuga doir: Buxoroda bojxona xizmat iti yashirincha saqlanayotgan ov quroli va gilzalarni topishda ko‘maklashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют