» » Surxondaryoda maktab o‘quvchilari mahalladoshining uyidan 13 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irladi

Surxondaryoda maktab o‘quvchilari mahalladoshining uyidan 13 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irladi


Surxondaryo viloyatining Angor tumanida o‘g‘rilik sodir etgan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 31-may kuni tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi X.S. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 30-may kuni, noma’lum shaxslar yashash uyidan fuqarolik pasporti, uyining kadastr hujjatlari, qizining tug‘ilganlik guvohnomasi, 8 million 400 ming so‘mlik tilla zanjirini, 4 million 550 ming so‘mlik 3 dona tilla uzuklarini va 700 ming so‘mlik bir juft tilla ziragini o‘g‘irlab ketishganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning “Navro‘z” mahallasida doimiy ro‘yxatda turib, Toshkent shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi X.Ya. va tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi maktab o‘quvchisi X.A. sodir etgani aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan.

2020-yilning 1-iyun kuni X.Ya. va X.A. nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi “v, g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Buxoroda o‘z akasining uyidan 1000 dollar pul va qimmatbaho soat o‘g‘irlagan uka qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют