» » Buxoroda o‘z akasining uyidan 1000 dollar pul va qimmatbaho soat o‘g‘irlagan uka qo‘lga olindi

Buxoroda o‘z akasining uyidan 1000 dollar pul va qimmatbaho soat o‘g‘irlagan uka qo‘lga olindi


Buxoro viloyatida o‘z akasining uyida o‘g‘irlik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15-may kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi I.B. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 18-aprel kuni noma’lum shaxs I.B.ning uyidan 1000 dollar va umumiy qiymati 1 million 100 ming so‘mlik erkaklar qo‘l soatini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni I.B.ning ukasi Z.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Andijonda 6,5 million so‘mlik soat hamda telefon aksessuarlarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olingani, saharlik vaqtida velosiped o‘g‘irlagan shaxslar ushlangani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют