» » Buxoroda 64 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ikki jinoyatchi qo‘lga olindi

Buxoroda 64 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ikki jinoyatchi qo‘lga olindi


Buxoroda  64 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ikki jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat IIB ma’lum qildi.

Buxoro shahar IIBga Chorbaxosa MFY, Go‘zal ko‘chasi 13-uyda yashovchi, Sarvinoz Fozilova ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs yashash uyiga darvozasi orqali kirib, yotoqxonasidagi seyfdan 64 million so‘mlik har xil turdagi tilla taqinchoqlarini va 650 dollarni o‘g‘irlab, jami 69265000 so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazganligini bildirgan edi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Kogon shahrшda yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan, muqaddam (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan) sudlangan Djumaboyev Dilshod Durbayevich va uning jinoiy sherigi, o‘sha shaharda turuvchi, 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan) sudlangan Axmedov Nasim Nasirovichlar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilgani aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют