» » Buxoroda salkam 32 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda salkam 32 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi


Buxoro shahar IIBga Poyi Ostona ko‘chasi 18-uyda yashovchi uy bekasi Marhabo Ikramova ariza orqali murojaat qildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB.

Fuqaro o‘z arizasida 25-fevraldan 27-fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi jami bahosi 31 688 000 so‘mlik turli xildagi tilla taqinchoqlari, 100 000 so‘m naqd pullari va 1800 AQSh dollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga katta miqdorda moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.

Ichki ishlar organlarining tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Sh.Hamroyev MFY G‘alla qishlog‘ida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan Muhriddin Fayzullayev sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют