» » Andijonda 6,5 mln so‘mlik soat hamda telefon aksessuarlarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda 6,5 mln so‘mlik soat hamda telefon aksessuarlarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi


Andijon viloyatining Asaka tumanidagi soatsozlik do‘konidan 6,5 million so‘mlik soat hamda telefon aksessuarlarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 26-aprel kunidan 27-aprelga o‘tar kechasi Asaka tumanidagi “Kamolot” mahallasida yashovchi fuqaro Ro‘zivoy Abdumalikovga qarashli soatsozlik do‘konidan umumiy narxi 6 million 521 ming so‘mlik qo‘l soatlari va telefon aksessuarlari o‘g‘irlangan.

Do‘kon egasi 28-aprel kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, holat haqida xabar bergan. IIBda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIB profilaktika inspektori, katta leytenant Mashhurbek Hakimov tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Asaka tumanida yashovchi fuqarolar — P.D, A.A. hamda S.O. sodir etganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, jinoyatchilar o‘g‘irlangan buyumlarni fuqaro U.S.ga 200 ming so‘m evaziga sotib yuborgan. Fuqaro U.S.dan 36 dona uyali telefon moslamasi korpusi, 11 dona akkumulyator, 51 dona telefon g‘ilofi, 58 dona naushnik, 29 dona quvvatlagich hamda 33 dona USB kabel daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют