» » Rossiyaning Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishlash uchun 346 nafar ozbekistonlik jonab ketdi

Rossiyaning Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishlash uchun 346 nafar ozbekistonlik jonab ketdi


Rossiyaning Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti raisi orinbosari D.Mishchenkoboshchiligida qator ish beruvchi kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyaning 2020-yilning avgust oyida Ozbekistonga tashrifi doirasida mamlakat fuqarolarini yirik qurilish obyektlariga ishga jalb qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish va boshqa masalalar boyicha kelishib olingan edi.

OzAning xabariga kora, ushbu kelishuvga muvofiq, 20-sentabr kuni 346 nafar ozbekistonlik Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali jonab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmatidan xabar berishlaricha, ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taminlanishi, shuningdek, oylik ish haqi ortacha 40-60 ming rublni tashkil etishi belgilangan.

Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan song belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi.

Malum qilinishicha, yil yakuniga qadar 5 mingga yaqin Ozbekiston fuqarolarini mazkur zavod qurilishga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Avvalroq ozbekistonlik ayollar koproq qaysi davlatlarga ishlash uchun ketayotgani malum qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (21-09-2020, 11:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -