» » Rossiyaning Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishchilar norozilik uyushtirdi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lishi mumkin

Rossiyaning Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishchilar norozilik uyushtirdi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lishi mumkin


Rossiyaning Amur viloyatida gazni qayta ishlash zavodi qurilishini amalga oshirayotgan “Renessans Xevi Indastris” kompaniyasi ishchilari uch oy davomida maosh olmaganligi sababli isyon ko‘tardi. Holat aks etgan videoni Baza taqdim etdi.

Kanalning yozishicha, “Renessans Xevi Indastris” kompaniyasi “Gazprom”ning pudratchisi sifatida Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishtirok etmoqda.

Videoda bir guruh ishchilar “Renessans Xevi Indastris” kompaniyasi ofisi eshiklarni tepib, texnikalarni sindirayotgani aks etgan. Shuningdek, videoda “Ur, sindir” degan so‘zlar eshitilgan. Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular uch oydan buyon ish haqini olmayotgani sababli mazkur ishga qo‘l urgan.

Norozilik bildirayotgan ishchilarni tinchlantirish uchun maxsus topshiriqlar bo‘yicha militsiya otryadi jalb etilgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan xorijlik ishchilarning mehnat huquqining buzilishi bo‘yicha tekshiruv boshlangan. Shu bilan birga, tartibsizlikni yuzaga keltirgan ishchilarga nisbatan “Bezorilik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют