» » Amur viloyatida xizmatdoshlarini otib tashlagan harbiy qo‘lga olish chog‘ida o‘ldirildi

Amur viloyatida xizmatdoshlarini otib tashlagan harbiy qo‘lga olish chog‘ida o‘ldirildi


Rossiyaning Amur viloyatida xizmatdoshlarini otib tashlagan harbiy qo‘lga olish chog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Sharqiy harbiy okrug garnizoni aksilterror bo‘linmasi tomonidan qidiruv tadbiri davomida oldinroq Amur viloyatidagi poligon hududini qurol bilan tark etgan harbiy xizmatchi aniqlandi va qurshovga olindi. Qo‘lga olish chog‘ida uning tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatildi va aksilterror bo‘linmasi harbiy xizmatchilari hayotiga tahdid tug‘ildi. Shundan so‘ng unga nisbatan xizmat quroli qo‘llandi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qurolli qarshilik ko‘rsatgan harbiy xizmatchi o‘limga olib kelgan jarohat oldi. Hodisa joyida Rossiya mudofaa vazirligi komissiyasi ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, gumondor — dog‘istonlik Hasan Abdulahadov Amur viloyatidagi poligonda bir zobit va ikki askarni otib tashlab, ikki kishini yaralab, qochib ketgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-09-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют