» » Rossiyaning Tobolsk shahrida mehnat sharoitidan norozi bo‘lgan o‘zbekistonlik ishchilar isyon ko‘tardi

Rossiyaning Tobolsk shahrida mehnat sharoitidan norozi bo‘lgan o‘zbekistonlik ishchilar isyon ko‘tardi


Rossiyaning Tobolsk shahrida norozilik aksiyasi uyushtirgan o‘zbekistonliklarning ish beruvchisi bo‘lgan 6 ta tashkilot javobgarlikka tortildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Tyumen viloyati prokuraturasi “Sibur” obyekti bo‘lgan “ZapSibNeftexim” qurilishidagi tartibsizliklar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi.

Gap Moskvaning subpudratchi firmalari “Den-Stroy”, “Istoch-Konstrakshn”, “Elay-Stroy”, pudratchi “Reneyssans Xevi Indastris”, “ZapSibNeftexim” va “TransAvto” haqida ketmoqda.

O‘zbekistonlik ishchilar kaskalarini yechib, asfaltga o‘tirib olgan va rahbariyatdan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisob berishni talab qilgan.

Ularga ikkita ish haqi o‘rniga bitta maosh berilgan, tibbiy yordam kechiktirilgan, yetarli miqdorda avtobuslar bermagan, bu esa kechikkanlari uchun jarima choralariga sabab bo‘lgan.

Norozilik aksiyasida 300 ga yaqin kishi ishtirok etdi. Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют