» » Xitoydagi fabrika egasi ishchilarga maosh o‘rniga g‘isht berdi

Xitoydagi fabrika egasi ishchilarga maosh o‘rniga g‘isht berdi


Xitoyning Szyansi provinsiyasi Nanchan shahrida joylashgan g‘isht zavodi egasi ishchilariga oylik maosh o‘rniga g‘isht berdi. Bu haqda “Szyansi jibao” xabar bermoqda.

Zavod egasi 30 nafar migrant-ishchilaridan 900 ming yuandan ko‘proq miqdorda qarz bo‘lib qoldi. Ish beruvchilar bilan muzokaralardan naf bo‘lmagach, ishchilar mahalliy hukumatga murojaat qildi. Zavod egasiga qarzni to‘lash majburiyati yuklandi, u esa qarzini g‘isht bilan uzdi.

Xabarda zavod egasi nima sababdan ishchilarga oylik bermagani, shuningdek, ishchilar o‘zlariga g‘isht berilganiga qanday munosabat bildirishi haqida ma’lum qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют