» » O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd dollarga kamaydi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd dollarga kamaydi


O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020-yilning yanvar—avgust oylari yakuni bo‘yicha (TSA) 24,5 milliard AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 3,5 milliard AQSh dollariga yoki 12,7 foizga kamaydi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (16,4 foiz), Rossiyada (14,6 foiz), Qozog‘istonda (7,2 foiz), Koreyada (5,9 foiz), Turkiyada (5,0 foiz), Qirg‘izistonda (2,3 foiz) va Germaniyada (2,0 foiz) qayd etilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (461,8 million AQSh dollari), Qirg‘iziston (394,5 million AQSh dollari), Tojikiston (193,1 million AQSh dollari) va Eron (39,6 million AQSh dollari) shular jumlasidan. Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2020-yilning yanvar–avgust oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 29,9 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018-yilga nisbatan ulushi 8,7 foizga kamaygan.

Boshqa xorijiy davlatlar bilan TSA 2020-yilning yanvar–avgust oylarida 2018-yilning shu davriga nisbatan 8,7 foizga ko‘paydi va jami TSAdagi ulushi 70,1 foizni tashkil etdi.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston 8 oyda qancha oltin sotgani haqida ma’lumot bergandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют