» » Jamoat hojatxonalari yoki liftdan foydalanganda koronavirusdan himoyalanish uchun qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Jamoat hojatxonalari yoki liftdan foydalanganda koronavirusdan himoyalanish uchun qanday qoidalarga amal qilish kerak?


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda koronavirus infeksiyasi bilan jamoat hojatxonalari yoki liftda ham zararlanish mumkinmi, degan savolga aniqlik kiritib o‘tgan.

Mavzuga doir: Ichimlik suvida koronavirus 8-12 soatgacha saqlanishi, ammo odamga yuqmasligi aytildi

Bugungi kunda karantin choralari yumshatilgach, aholi ko‘p to‘planadigan joylarda koronavirus bilan kasallanish xavfi ortadi. Imkon qadar aholi to‘plangan joyga bormaslikka, begonalar bilan muloqot qilmaslikka harakat qiling. Hojatxona yoki liftlarda 3-4 kishidan ortiq odam borligini ko‘rsangiz, ularning soni kamayguncha ijtimoiy masofa saqlang. Agar imkoniyatingiz bo‘lsa va salomatligingiz ko‘tarsa, ko‘p odam to‘plangan liftda emas, balki zinadan foydalaning. Virus turli yuzalar va havo aylanmasida 2-3 soatdan 8-12 soatgacha turli haroratlarda saqlanib qolishi allaqachon tasdiqlangan.

Bundan tashqari, doimiy tozalash ishlari olib borish, barcha yuzalarga dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ishlov berish, ayniqsa, jamoat hojatxonalari eshik tutqichlari yoki liftlarni dezinfeksiyalash talab etiladi. Shuningdek, jamoat hojatxonalari yoki lift xizmatlaridan foydalanganda har bir fuqaro kirish va chiqishdan oldin qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvishi yoki antiseptik vositalari bilan ishlov berishi shart. Niqobni muntazam taqib yurish, jamoat joylariga kirishda bir martalik qo‘lqop kiyish va chiqayotganda yechish lozim. Foydalanilgan qo‘lqop axlat qutisiga tashlanishi kerak.

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 19-sentabr soat 23:00 dan 20-sentabr soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 648 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 10 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Ketma-ket uchinchi kun kasallanganlar soni 600 nafardan yuqori bo‘lmoqda. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 51640 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,25 foizi 20-sentabrga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют